AQSH fuqarosi Messi va Bekxemning kasriga qoldi
Sport
−
17 avgust 2023 13243 1 daqiqa
AQSH restoranlaridan birida “Inter Mayami” klubi egasi Devid Bekxem va jamoa sardori Lionel Messini suratga olishda gumon qilingan fuqaro restoran qo‘riqchilari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, muassasa xavfsizlik xizmati erkakni futbol yulduzlarini suratga olishga uringani uchun uni zaldan chiqarib, kaltaklagan.

Jablanuvchining aytishicha, u oila a’zolari bilan restoranga qizining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun borgan. Fuqaro o‘z qizi va ayolini suratga olish niyatida bo‘lgan.
“Yuzimga musht tushirib, haydab yuborishdi. Men Messi yoki Bekxem bilan emas, balki oilam bilan suratga tushmoqchi edim”, deydi jabrlanuvchi.
Qayd etilishicha, o‘sha vaqtda Bekxem va Messi janjal haqida hech narsani bilmagan va ular oqshomni ajoyib tarzda o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Messi iyul oyida “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan edi. U MLS klubidagi 6 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.
Live
Barchasi