AQSH eng qudratli yadro bombasini safdan chiqaradi
Olam
−
28 Oktabr 2022 16619 1 daqiqa
AQSH hukumati eng kuchli atom kallagi – B83-1 gravitatsion bombani qurolli kuchlari zaxirasidan chiqarishga qaror qildi. Pentagon bu qarorini megaton bombani saqlash yuqori xarajat talab qilishi, shuningdek, uning salohiyati cheklanganligi bilan izohladi. Bundan tashqari, Pentagon dengizdan uchiriladigan qanotli yadroviy raketa yaratish rejalaridan ham voz kechadi. Bu haqda AQSHning milliy mudofaa strategiyasida aytilgan.
“B83-1 gravitatsion bombasi uning imkoniyatlaridagi cheklovlar ortib borayotgani va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishi sababli eksplutatsiyadan chiqariladi”, deyiladi strategiyada.
Hujjatda aytilishicha, Pentagon himoyalangan va qattiq ko‘milgan nishonlarni yo‘q qilish uchun yangi vosita ishlab chiqadi.
“Bundan tashqari, biz dengizdan uchiriladigan qanotli yadroviy raketa ishlab chiqarish dasturini bekor qilamiz”, deyiladi hujjatda.
AQSH olti yil avval 1983 yildan beri xizmat qilib kelayotgan B83-1 termoyadroviy megaton bombasini yo‘q qilish rejasini e’lon qildi. Uning maksimal quvvati 1,2 megaton trotilni tashkil qiladi. Bu bomba Xirosimaga tashlanganidan yuz baravar kuchliroq. B83 yer osti bunkerlarini yo‘q qilishi mumkin: u yerga 30 m chuqurlikka kiradi va shundan keyingina portlaydi.
Live
Barchasi