AQSH harakatlari Tramp imzosining qiymatsiz ekanini ko‘rsatdi – Mujtabo Xomanaiy
Olam
−
18 iyul 8807 1 daqiqa
Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH Eron va Amerika Prezidentlari o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumini bir necha bor buzganini tanqid qilib, bu holat AQSH Prezidenti Donald Trampning imzosi “butunlay qadrsiz va ishonchsiz” ekanini ko‘rsatganini bildirdi. Bu haqda oliy rahbar X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Yozma bayonot bilan chiqqan Xomanaiyning ta’kidlashicha, Vashington o‘z majburiyatlariga amal qilmagan. Xomanaiy, shuningdek, AQSH “Eron xalqi va qarshilik fronti unga unutilmas saboqlar bera olishini bilishi kerak”ligini ta’kidlagan.
Uning bayonoti AQSH va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi o‘tgan hafta barbod bo‘lganidan keyin ikki tomonning o‘zaro zarbalari almashinuvi davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu vaziyat keng ko‘lamli urush qayta boshlanishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron muzokaralarga rozi bo‘lmasa, mamlakatning elektr stansiyalari va ko‘priklariga zarba berishini aytib Eronga tahdid qilgan edi.
Live
Barchasi