Aholini uy-joy bilan ta’minlashga 18 trln so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash doirasida 7 ming 794 ta qishloq va mahallada bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar belgilanib, bunga 18 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga yana qo‘shimcha 300 million dollar ajratilgan.

Natijada birgina ichimlik suvi ta’minoti sohasida 1 ming 400 kilometr tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilingan, 8,5 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlangan. O‘tgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, mingta transformatorlar yangilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing