95 yashar Qirolicha Yelizaveta II koronavirusga chalindi

Olam

image
Taxtdagi 70 yil. Yelizaveta II o‘zidan keyin kim qirolicha bo‘lishini aytdi north_east

Taxtdagi 70 yil. Yelizaveta II o‘zidan keyin kim qirolicha bo‘lishini aytdi

Angliya taxti egasi, Qirolicha Yelizaveta II koronavirusga chalindi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Bukingem saroyi rasmiy ravishda e’lon qilgan.  

Yaqinda taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘lgan, 95 yashar Qirolicha sovuq qotish va isitmalash kabi alomatlarni boshidan kechirayotgani aytilmoqda. Ammo qayd etilishicha, Yelizaveta keyingi haftada Vindzor saroyidan turib o‘z vakolatidagi yengil vazifalarni bajarishda davom etadi.

“U tibbiy yordam olishda davom etib, barcha tegishli ko‘rsatmalarga amal qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan Qirolichaning ahvoli haqida ma’lum qilgan Bukingem saroyi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6 fevral kuni Angliya qirolichasi Yelizaveta II ning taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Bukingem saroyida rasmiy tadbir uyushtirilgan edi. Qirolichaning “Platinum yubileyi”ga bag‘ishlangan tadbirning asosiy qismi yoz oylarida, 3-5 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Yelizaveta II Angliya tarixida o‘zining “Platinum yubileyi”ni nishonlayotgan birinchi monarx hisoblanadi. U 1952 yilning 2 fevral kuni otasi Georg VI vafotidan keyin qirollik taxtini egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing