O‘zbekistonning faxriy jurnalisti qariyalar uyida vafot etdi
Jamiyat
−
03 yanvar 2022 16988 1 daqiqa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Rustam Obidov 72 yoshida qariyalar uyida vafot etdi. U 9 yildan beri Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida yashayotgandi.
Rustam Obidov 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1973 yilda “Fan va turmush” jurnalida ish boshlagan. “Fan va turmush” Rustam Obidovni ilmiy jurnalist, mistika va sir-sinoat, parapsixologiya ilmining tadqiqotchisi sifatida butun O‘zbekistonga tanitdi.
Serqirra jurnalist Rustam Obid 2000 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Rustam Obidov oilasi bilan kelisholmay ajrashganidan so‘ng 20 yil ko‘chada, ijara uylarda yashashiga to‘g‘ri kelgan. So‘ng Qora Qamishdagi shu pansionatga joylashgan.
Live
Barchasi