2025 yil O‘zbekistonda 248 kishi ish joyida vafot etdi

Jamiyat

image

2025 yil O‘zbekistonda 248 kishi baxtsiz hodisalar tufayli ish joyida vafot etdi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil davomida respublikada 849 ta mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tekshirilib, hisobga olingan. Ulardan 83 tasi og‘ir oqibatli bo‘lgan, 216 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Hodisalar oqibatida 961 nafar kishi jabrlangan. Jumladan, 680 nafar kishi og‘ir jarohat olgan, 33 nafari yengil jarohat olgan, 248 nafar xodim vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar bo‘yicha 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 241 nafarga ma’muriy jarima qo‘llangan.

Qayd etish joiz, 2024 yilda O‘zbekistonda mehnat jarayoni bilan bog‘liq 868 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, ularda 974 nafar xodim jarohatlangan, 261 nafari esa halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, o‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodim vafot etgan taqdirda, uning oila a’zolariga yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda qoplab beradi. Ish beruvchi marhum xodimning oila a’zolariga quyidagilarni to‘laydi:

  • ma’naviy zarar;
  • boquvchining vafot etgani munosabati bilan zarar;
  • vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqa.

Mehnat kodeksining 191-moddasiga ko‘ra, agar jabrlanuvchi tomonidan qo‘pol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, uning aybidan qat’i nazar, javobgarlik kelib chiqadigan bo‘lsa, to‘lanadigan zarar miqdori ham shunga muvofiq ravishda kamaytiriladi, lekin ish beruvchini butunlay zararni to‘lashda ozod qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston vafot etdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing