2022 yilda Toshkentga 300 dona elektrobus olib kelinishi mumkin

Jamiyat

image

2022 yilda Toshkentda jamoat transporti uchun 590 dona “yashil” avtobus xarid qilish rejalashtirilyapti. Bu haqda Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan.

Konsepsiyaga ko‘ra, 2022 yilda 90 dona katta sig‘imli (12 metrlik) MAN CNG, 200 dona o‘rta sig‘imli (8,5 - 9 metrlik) SAZ LE60, 300 dona katta sig‘imli (12 metrlik) elektrobus xarid qilinadi.

Mazkur loyihaning qiymati 1 trln 458 mlrd 416 mln so‘m etib baholangan. (MAN CNG – 261 mlrd 144 mln; SAZ LE60 – 190 mlrd 108 mln; elektrobus – 1 trln 007 mlrd 164 mln so‘m). Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va davlat-xususiy sherikchiligi asosida xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Konsepsiyaning mazkur bandi ijrosiga Transport vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ mas’ul etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing