16 yoshli “haydovchi” YTH natijasida vafot etdi
3-sahifa
−
06 noyabr 2020 7076 1 daqiqa
Toshkent shahrida voyaga yetmagan yigit hujjatlarsiz avtomashina boshqarib, YTH sodir etdi. Bu haqida YHXBB Matbuot xizmati xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 5 noyabr kuni taxminan, soat 21:00 da Bog‘ishamol va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida Nexia-3 rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargan 16 yoshli A. B. svetoforning taqiqlovchi belgisiga amal qilmasligi oqibatida 20 yoshli A.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinaga to‘qnashgan.

Natijada, Nexia-3 avtomobili haydovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida ko‘z yumgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova
Live
Barchasi