1 yilda magistr darajasi – UDEA’da yangi imkoniyat

Biznes

image

Bugungi kunda ko‘plab yosh mutaxassislar o‘z kareralarini tezroq rivojlantirishni, yangi bilim va malakalarni qisqa muddatda qo‘lga kiritishni xohlaydi. Lekin an’anaviy magistratura dasturlari odatda ikki yil davom etadi va bu hamma uchun ham qulay emas. UDEA universiteti bu muammoni chuqur anglab, yangicha yondashuvni taklif qilmoqda – faqat bir yil ichida magistr darajasiga ega bo‘lish imkoniyati.

Bu dasturlar talabalarga bir qator afzalliklarni beradi: ular ortiqcha vaqt sarflamasdan natijaga erishadi, kirishda til sertifikati talab qilinmaydi, o‘quv mashg‘ulotlari qulay o‘quv jadvali asosida olib boriladi. Shu bilan birga, ta’lim nazariya va amaliyot uyg‘unligiga asoslanadi, darslar esa tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.

Hozirda quyidagi mutaxassisliklarga qabul davom etmoqda:

  • Loyiha boshqaruvi (1 yil);
  • Biznesni boshqarish (MBA);
  • Bank ishi;
  • Inson resurslarini boshqarish.

Talabalar o‘qish davomida biznes keyslarni yechadi, loyihalarda qatnashadi va bozor talabiga mos real ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Bu esa o‘qishni tugatgach, darhol professional faoliyatda o‘zini sinab ko‘rish imkonini beradi. Auditoriyalarda o‘z sohasida katta tajribaga ega ustozlarning bilim va tajribasi nafaqat ta’lim jarayonini boyitadi, balki talabalarda ishonch uyg‘otadi: «Men ham shunday natijaga erisha olaman» degan tuyg‘u shakllanadi.

Universitet yaqin kelajakda foydalanishga topshiriladigan yangi kampus qurilishini ham boshlagan. 2000 dan ortiq talaba uchun mo‘ljallangan bu zamonaviy majmua keng kutubxona, innovatsion laboratoriyalar va smart auditoriyalarni o‘z ichiga oladi. Yangi kampus nafaqat bilim olish, balki talabalik hayotini to‘laqonli his qilish uchun barpo etilmoqda.

UDEA universiteti magistratura dasturlari xalqaro standartlarga asoslanib, strategik fikrlash va liderlikni shakllantiradi, rejalashtirish va risk-menejment ko‘nikmalarini rivojlantiradi, akademik bilimlarni zamonaviy texnologik tendensiyalar bilan uyg‘unlashtiradi, inson kapitalini rivojlantira oladigan yangi avlod menejerlarini tayyorlaydi. Intensiv ta’lim modeli bitiruvchilarga global kompetensiyalar va mahalliy hamda xalqaro mehnat bozorida ustunlik beradi.

Magistratura UDEA’da – bu oddiy diplom emas. Bu – yangi karera yo‘li, imkoniyatlar eshigi va shaxsiy rivojlanishning tezkor yo‘li. Bir yil – va siz magistr darajasiga ega bo‘lasiz.

Batafsil ma’lumot uchun: udea.uz
Aloqa uchun: 78 888 08 00

You Tube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

UDEA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar