1 may kuni qanday ob-havo kutilyapti?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 1 may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zgidromet" Turkmaniston hududidan nam havo oqimi kirib kelayotgani va qator viloyatlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing