Vazirlikdan quruq qolgan Agrippina Shinga ham ish topildi
Jamiyat
−
30 dekabr 2022 35395 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan ikki qo‘mitaga raislar tayinlandi. Unga ko‘ra:
• Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi;
• Bahromjon To‘rayevich Norqobilov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi;
• Nizomidin Jalilovich Bakirov O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori;
• Baxtiyor Vahobovich Gulamov O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i;
• Ulug‘bek Ahmadovich A’zamov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari;
• Alisher Zafar o‘g‘li Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori;
• Sherzod Saidjanovich Xidoyatov O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari;
• Nozim Baxtiyorovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari;
• Agrippina Vasilevna Shin O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari;
• Narzullo Naimovich Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi