Kreml Putin va Bayden uchrashuvi tafsilotlarini ma’lum qildi

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 7 dekabr kuni Rossiya Prezidenti  Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jozef Bayden o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kreml Matbuot xizmati uchrashuv qanday o‘tgani haqida ma’lumot berib, prezidentlar o‘rtasida ochiq suhbat bo‘lib o‘tganini urg‘uladi.

Kreml bayonotiga ko‘ra, muhokama qilingan mavzular orasida Ukraina muammosi ustunlik qilgan, xususan, Moskva Donbass bo‘yicha 2015 yilgi Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda oldinga siljish yo‘qligini ta’kidlagan.

Bayden uchrashuvda Putin Kiyevning Donbassga qarshi provokatsion harakatlaridan jiddiy xavotirda ekanini bildirgan. 

O‘z navbatida, Bayden Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralari yaqinida harakatlanishining “tahdidli” xususiyati haqida gapirib, vaziyat yanada keskinlashgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari tomonidan joriy qilinadigan sanksiyalar qanchalar qattiq bo‘lishini aytib o‘tgan.

“Putin bunga javoban barcha javobgarlikni Rossiya yelkasiga yuklash kerakmasligini ta’kidladi, chunki aynan NATO Ukraina hududini bosib olishga xavfli urinishlar qilmoqda va chegaralarimizda o‘zining harbiy salohiyatini oshirmoqda”, deyiladi Kreml bayonotida. 

Putin shuning uchun ham Rossiya NATOning Sharq davlatlari hisobiga kengayishini hamda qo‘shni davlatlarga qurollarini joylashtirishini istamasligini ma’lum qilgan. Kremlga ko‘ra, Prezidentlar o‘z vakillariga “ushbu nozik mavzular bo‘yicha maslahatlashuvlarga kirishish”ga ko‘rsatma berishga kelishib olgan.

Qayd etilishicha, muhokama chog‘ida Putin va Bayden ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, diplomatik vakolatxonalar faoliyatidagi cheklovlar tufayli “qoniqarsiz holatda” ekani tan olishgan.

“Rossiya ikki tomonlama munosabatlarning boshqa jihatlarini normallashtirishga xizmat qilishi uchun diplomatik vakolatxonalar faoliyatidagi barcha cheklovlarni bekor qilishni taklif qildi”, deyiladi bayonotda.

AQSH va Rossiya yetakchilari, shuningdek kiberjinoyatchilarga qarshi operativ va texnik sohada hamkorlikni kengaytirishga hamda muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

Avvalroq, Oq uy Matbuot xizmati onlayn uchrashuv haqida ma’lumot bergandi. Bayonotda Rossiya tomon bergan ma’lumotlardan farqli o‘laroq, Eron mavzusiga ham to‘xtalib o‘tilgani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing