Hindistondagi festivalda 30 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonda har 12 yilda bir marta o‘tkaziladigan va 45 kun davom etadigan “Maha Kumb Mela” festivalidagi tiqilinchda 30 kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.  

Nashrning yozishicha, ushbu festival Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida o‘tkazilgan. Hodisa Sangam daryosi tomon gunohini yuvish uchun ketayotganlar to‘siqdan sakrab o‘tayotganda yuz bergan. Bu marosim hindularning muqaddas taqvimidagi muhim voqea bo‘lib, bu yil jami 400 milliondan ziyod fuqaro Triveni Sangam daryosi bo‘ylab “muqaddas suv” hisoblangan Gang, Yamuna va Sarasvati daryolarining qo‘shilish joyida 45 kunlik “ziyorat” qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ijtimoiy tarmoq orqali marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 

Ma’lumot uchun, hindlar dunyodagi eng yirik ushbu diniy bayram payti daryoda cho‘milish gunohlarni yuvadi deb hisoblaydi. 2001 yil 60 million kishi bir kunda Gang suviga tushish uchun to‘planib, jahon rekordini o‘rnatgan. Hatto 2021 yil ham millionlab hindlar COVID-19 virusi avj olganiga qaramay Triveni Sangam daryosida cho‘milgan.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing