Hindistonda dunyodagi birinchi oltin ayirboshlash bankomati ishga tushirildi

Olam

image

Hindistonning Haydarobod shahrida kredit yoki debet plastik kartalaridagi pul bilan oltin tangalarni sotib olishga imkon beruvchi bankomat foydalanishga tushirildi. Bu haqda “The Economic Times” nashri xabar berdi.

Qurilma orqali oltin sotishning innovatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bankomatda 5 kg 24 karatli oltin tangalar saqlanadi va bu sakkiz xil usulda 0,5 gramdan 100 gramgacha sotib olish imkonini beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, bankomatda ishonchli o‘g‘rilikka qarshi tizim mavjud. U videokamera, ovozli signal bilan jihozlangan va politsiya aloqa liniyasiga ega.

Bankomatni ishlab chiqargan kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qurilma barchaga bank yoki zargarlik do‘konlariga bormasdan, moliyaviy yo‘qotishlardan qochib, oltinga sarmoya kiritish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Faoliyatining birinchi kunidanoq innovatsion bankomat 20 nafar mijozga xizmat ko‘rsatgan. Kelajakda Hindistonda 3 mingta shunday bankomat o‘rnatilishi va bu mahsulotning jahon bozoriga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing