“Hech qanday diniy masala mavjud emas”. Toshkentda aholi mashhur haykaltaroshning asarini sindirib tashlagani bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ahli vakillari taniqli haykaltarosh Damir Ro‘ziboyevning asarini sindirib tashlagani haqida xabarlar tarqalib, turli xil e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, san’at asari sifatida taqdim etilayotgan ushbu haykallar vaqt ta’sirida o‘z muqimligini yo‘qotgan, qolaversa haykallarning yaxlit emasligi, piramida shaklida bir-birining ustiga qo‘yilgan holatda joylangani qulab tushish xavfini yuzaga keltirgan. 

Bu esa shu hududda yashovchi aholi, xususan, bolalarning xavfsizligi uchun qayg‘urayotgan aholining e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalar iddao qilganiday bu o‘rinda hech qanday diniy masala mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, haykallar haykaltaroshga bolalar uchun ijod maktabi tashkil etish maqsadida ajratilgan hudud sotib yuborilganda, ya’ni taxminan 1,5 yillar oldin ko‘p qavatli uyning oldiga olib chiqilgan. O‘sha vaqtdan buyon asar egasi hamda aholi o‘rtasida haykallarni boshqa joyga olib ketish bo‘yicha o‘tkazilib kelinayotgan muhokamalar hech qanday natija bermagan.

“Shu o‘rinda, xabarni e’lon qilgan ijtimoiy tarmoq vakillaridan oddiy ijtimoiy masalani diniy kelishmovchilikka aylantirishga urinishdan, omonat haykallarni UNESCO butunjahon merosi ob’ekti deb tan olingan haykallarga tenglashdan va farzandlari xavfsizligini o‘ylayotgan fuqarolarni radikallikda ayblashdan tiyilishni so‘rardik”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haykaltarosh san'at asari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing