“Hamma idorasini oldini tozalasin”. Samarqand hokimi xodimlarni qor kurashga chaqirdi (video)
Jamiyat
−
10 yanvar 2023 11609 1 daqiqa
Bugun, 10 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yig‘ilish o‘tkazib, shaharda qorlar kuralmaganini aytib, viloyatdagi barcha mutasaddilarni tanqid ostiga oldi.
“Ertalab idoraga kelsak, yo‘llar tozalanmagan hammayoq qor. Bular uyda uxlab yotibdi. Shahar aravasini kim tortadi. Sen nima qilyapsan bu yerda. Chiqib ket zaldan. Qorni kura borib. Bugun o‘tiradigan kun emas. Qor kurash kerak”, deya Erkinjon Turdimov xodimlarni qor kurashga chaqirgan.
Shuningdek, viloyat hokimi bir necha mutasaddini yig‘ilish joyidan berilgan topshiriqni bajarish uchun chiqarib yuborgan. Turdimov agar yo‘llardagi qor o‘z vaqtida tozalanmasa, bu avtohalokatlarga sabab bo‘lishi va insonlarning o‘limiga olib kelishini ta’kidlagan.
“Hamma shanbalikka chiqsin. Hamma idorasini oldini tozalasin”, deya qo‘shimcha qilgan hokim yig‘ilishda.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi