Hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga 20–23 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–21 oktyabrda 0–5 daraja iliq, 22–23 oktyabrda 3–8 daraja iliq, kunduzi 20 oktyabrda 13–18 daraja, 21–23 oktyabrda 18–23 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–21 oktyabrda 6–11 daraja, 22–23 oktyabrda 8–13 daraja, kunduzi 20 oktyabrda 21–26 daraja, 21 oktyabrda 23–28 daraja, 22 oktyabrda 25–30 daraja, 23 oktyabrda 20–25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand вилоятларида havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 18–23 daraja, 21–23 oktyabrda kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20 oktyabrda 6–11 daraja, 21–23 oktyabrda 8–13 daraja, kunduzi 20 oktyabrda 21–26 daraja, 21–22 oktyabrda 25–30 daraja, 23 oktyabrda 23–28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–21 oktyabrda 6–11 daraja, 22–23 oktyabrda 8–13 daraja, kunduzi 20 oktyabrda 18–23 daraja, 21 oktyabrda 21–26 daraja, 22–23 oktyabrda 23–28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20 oktyabrda 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja, 21–23 oktyabrda kechasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing