Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 18-21 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-21 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 yanvarda 2-7 daraja sovuq, 21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 18 yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-21 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 18-19 yanvarda 2-7 daraja iliq, 21 yanvarda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 19-21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing