Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
20 dekabr 12336 3 daqiqa
O‘zgidromet 22-25 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 dekabrda 5-10 daraja sovuq, 23-25 dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 22 va 25 dekabrda 0-5 daraja iliq, 23-24 dekabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 dekabrda 2-7 daraja sovuq, 23 dekabrda 0-5 daraja sovuq, 24-25 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 22 dekabrda 2-7 daraja iliq, 23-24 dekabrda 7-12 daraja iliq, 25 dekabrda 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 22 dekabrda 5-10 daraja sovuq, 23-25 dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 22 va 25 dekabrda 0-5 daraja iliq, 23-24 dekabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 23 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 23 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 23-25 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 22 dekabrda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23 dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 24-25 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi