Habib UFC bilan muzokara o‘tkazdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov ijtimoiy tarmoqda yangi post joylashtirib, ukasi Umar Nurmuhammedov tez orada UFC'ning asosiy musobaqasida ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Bugun biz jiddiy muzokaralar olib bordik. Umar tez orada UFC'ning asosiy musobaqasida ishtirok etadi”, deydi Habib.

Umar Nurmuhammedov 27 yoshda. Jangchi 2021 yilning yanvar tashkilot turnirida debyut qilgan va to‘rtta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Yanvar oyida UFC Fight Night 217 turniridagi so‘nggi jangida rossiyalik sportchi braziliyalik Raoni Barselosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Xabib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing