Prokuratura Andijonda qarindoshlar o‘rtasida taqsimlangan davlat buyurtmalari bo‘yicha tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020 7784 1 daqiqa
Avvalroq, Andijonda bir necha milliardlik davlat buyurtmasi viloyatdagi amaldorlarning o‘ziga yoki qarindoshiga tegishli kompaniyalarga berilgani haqida xabar qilgandik.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, hozirda mazkur maqolada bayon etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.
Ma’lumot o‘rnija, Andijon viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbari Muhiddin Qodirov o‘ziga tegishli bo‘lgan “Milano Biznes Servis” MCHJga qariyb 20 mlrd so‘mlik qurilishga oid davlat buyurtmalarini olgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust