PSJ “Barselona” yulduzi uchun taklif tayyorlamoqda
Sport
−
03 avgust 2298 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi “Barselona” yarim himoyachisi Pedrini o‘z safiga qo‘shib olish uchun dastlabki taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan futbolchi transferi uchun 90 million yevro to‘lashga tayyor.
Ta’kidlanishicha, PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada ko‘rishni istagan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishga qaror qilgach, parijliklar e’tiborini Pedriga qaratgan.
23 yoshli Pedri 2020 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u kataloniyaliklar safida 245 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va 33 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u jamoa sardorlaridan biriga aylangan.
Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalining ma’lumotiga ko‘ra, Pedrining bozor qiymati 150 million yevroga baholanmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust