Pikassoning o‘g‘irlangan kartinasi narkotikka qarshi reydda topildi

Madaniyat-san’at

image

Politsiya giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga oid ish bo‘yicha o‘tkazilgan tintuvlar davomida Pablo Pikassoning o‘g‘irlangan kartinasini 17 kilogramm gashish va 200 ming yevrolik brend kiyim-kechaklar bilan birga musodara qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, politsiya operatsiyasi Fransiya poytaxti yaqinidagi Shampini-syur-Marn kommunasi va Ormesson-syur-Marn shaharchasida bo‘lib o‘tgan. Asli ekanligi tasdiqlangan kartinada Pikassoning sobiq mahbubasi – Mari-Terez Valter tasvirlangan. Asarning qiymati 12-15 million yevroga baholanmoqda.

Kartina giyohvand moddalar savdosi ishi bo‘yicha asosiy figurant bo‘lgan 37 yoshli erkakning ammasining uyidan topilgan. U aybini tan olgan, biroq o‘z harakatini o‘zi ishlaydigan san’at asarlarini saqlash kompaniyasining xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lganligi bilan izohlagan. O‘g‘rilik va o‘g‘irlangan narsani yashirish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Asosiy ayblanuvchi bilan birga yana besh kishi qo‘lga olingan, ulardan uch nafari hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq parijlik erkak xayriya lotereyasida Pablo Pikassoning qiymati 1 million yevrodan ortiq bo‘lgan asl asarini yutib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing