AQSHda maktabga hujum: 6 kishi jarohatlandi (video)

Olam

image

AQSHning Takoma shahridagi maktabda sodir bo‘lgan hujum oqibatida olti kishi – besh nafar o‘quvchi va bir qo‘riqchi pichoqlandi. Bu haqda yong‘in xizmati ma’lumotlariga tayanib, “New York Post” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, to‘rt nafar o‘quvchi og‘ir ahvolda. MultiCare shifoxonasi vakili bir nechta o‘quvchi olib kelinganini tasdiqlagan, biroq ularning holati haqida izoh berishdan bosh tortgan.

FOX 13 Seattle ma’lumotiga ko‘ra, gumondor qo‘lga olingan.

Takoma politsiyasi vakili ofitser Shelbi Boydning aytishicha, hodisa 30 aprel kuni kunduzgi vaqtda maktab hududida yuz bergan. Gumondor – o‘quvchi bo‘lib, u ham hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olgan.

Maktab vakili “New York Times”ga bergan bayonotida ta’lim muassasasi vaqtincha yopilganini, ota-onalar farzandlarini olib ketish uchun kelganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida 19 aprel tongida sodir bo‘lgan ommaviy otishma oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘lgandi. Hodisa oqibatida jami 10 kishi jabrlangan, ulardan sakkiz nafari vafot etgan. Jabrlanganlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing