Namanganda bank xodimi 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Namanganda bank bosh yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh yuristkonsult Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lay olmagani sababli garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult klinika rahbaridan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Namangan yuristkonsul't

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing