Saloh “Liverpul”ni tark etishini ma’lum qildi (video)
Sport
−
25 mart 3765 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida klubni tark etishini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Misrlik futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatida joriy mavsumdan so‘ng “Liverpul” bilan xayrlashishini ma’lum qildi. E’tiborlisi, u 2025 yil aprel oyida 2026-2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi.
“Bu kun kelishini istamasdim, ammo qaror qabul qilindi. Mavsum oxirida men “Liverpul”ni tark etaman. Bu klub, shahar va muxlislar mening hayotimning ajralmas qismiga aylandi. “Liverpul” – bu shunchaki futbol klubi emas, bu ishtiyoq, tarix va o‘ziga xos ruhdir. Bu yerda o‘tkazgan vaqtim davomida jamoadoshlarim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini hech qachon unutmayman”, deydi Saloh o‘zining videomurojaatida.
33 yoshli hujumchi 2017 yildan buyon “qizillar” safida to‘p surib kelmoqda. U klub bilan ikki bor Angliya chempionligi, Angliya kubogi, Liga kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol muallifiga aylangan.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel