“So‘nggi jang”. Pahlaviy Eron xalqiga murojaat yo‘lladi (video)

Olam

image

Eron sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uchun hal qiluvchi lahzalar kelganini ta’kidladi.

“Hurmatli vatandoshlar, biz hal qiluvchi palladamiz. Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Eronning jasur xalqiga va’da qilgan yordam endi yetib keldi. Bu gumanitar aralashuv va uning maqsadi buyuk Eron mamlakati va xalqi emas, balki zulm apparati va o‘ldirish mashinasi bo‘lgan Islom Respublikasidir”, degan Pahlaviy.

Shuningdek, u bu so‘nggi jang ekanini va unda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan g‘alaba qozonishini ta’kidlagan.

“Biroq bu yordam kelganiga qaramay, oxirgi g‘alaba baribir bizniki bo‘ladi. Bu oxirgi jangni biz – Eron xalqi yakunlaymiz. Ko‘chalarga qaytish vaqti yaqinlashdi”, degan u.

Bundan tashqari, Pahlaviy mamlakat harbiylariga qasamyodini eslatgan.

“Endi, Islom Respublikasi qulagan bir paytda, mamlakat harbiylari, politsiyasi va xavfsizlik xizmatlariga mening xabarim aniq: siz Islom Respublikasi va uning rahbarlarini emas, balki Eron va Eron xalqini himoya qilishga qasamyod qildingiz. Sizning burchingiz xalqni himoya qilishdir, vatanimizni zulm va jinoyat orqali garovga olgan rejimni emas. Xalqqa qo‘shiling va barqaror va xavfsiz o‘tishni ta’minlashga yordam bering. Aks holda, siz Xomanaiy va uning rejimining buzilgan kemasi bilan birga cho‘kib ketasiz”, degan Pahlaviy o‘z murojaatida.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Rizo Pahlaviy Islom Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing