Biz armanlardan qasos oldik – Ilhom Aliyev
Olam
−
07 Oktabr 2025 10755 1 daqiqa
Ozarbayjon davlati va xalqi armanlarning Qorabog‘dagi bosqini unutmaydi va o‘tgan yillarda Armanistondan qasos oldi. Bu haqda Ozarbaydon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabalada bo‘lib o‘tayotgan 12-sammitida aytib o‘tdi.
“2020 yilda 44 kunlik Vatan urushidagi tarixiy g‘alabamiz, shuningdek, 2023 yilda amalga oshirilgan qat’iy aksilterror choralari natijasida Ozarbayjon yerlarining 30 yillik bosib olinishiga barham berildi. Shu tariqa mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, ajdodlarimiz zaminlari suvereniteti tiklandi. Bu tarixiy yutuq nafaqat Ozarbayjon milliy irodasi va qat’iy kurashining g‘alabasi, balki mintaqada adolat, tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishga qo‘shgan salmoqli hissadir”, deydi Aliyev.
U ikki oy oldin Vashingtondagi Oq uyda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining imzolanganini eslab, buni Janubiy Kavkazni tinchlik makoniga aylantiruvchi qadam, deya ta’rifladi.
Vashington sammitida YeXHTning Minsk guruhi va unga aloqador tuzilmalarni yopish to‘g‘risidagi qo‘shma murojaatga ko‘ra, o‘tgan mojaro qoldiqlari ham YeXHTning 1 sentyabrdagi qarori bilan bartaraf etildi.
“Biz arman bosqinini hech qachon unutmaymiz. Biz shahidlarimizning ezgu xotiralarini doimo qalbimizda saqlaymiz. Biz ulardan jang maydonida qasos oldik. Biz bosqinchini ota-bobolarimiz zaminidan quvib chiqardik, g‘alabaga erishdik, bir vaqtning o‘zida adolatli tinchlikka erishdik”, deydi Aliyev.
Live
Barchasi