Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 1-4 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 sentyabrda 13-18 daraja, 4 sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2 sentyabrda 27-32 daraja, 3-4 sentyabrda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 1 sentyabrda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 va 3 sentyabrda 13-18 daraja, 2 va 4 sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2 sentyabrda 28-33 daraja, 3-4 sentyabrda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 4 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 1-2 sentyabrda 31-36 daraja, 3-4 sentyabrda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 sentyabrda 13-18 daraja, 4 sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2 sentyabrda 28-33 daraja, 3-4 sentyabrda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3 sentyabrda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 4 sentyabrda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing