O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
07 fevral 2025 68991 1 daqiqa
Havo haroratining o‘zgarishi sababli Toshkent va Namangan viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 8-12 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi so‘raladi.
Live
Barchasi
Makron Suriyaga boradi
10:42