Buxoroda 23 yoshli ayol suhbatdoshini qariyb 16 mln so‘mga tushirdi

3-sahifa

image

Buxoroda 23 yoshli ayol moddiy yordam chiqarib berishini aytib, fuqaroni qariyb 16 mln so‘mga chuv tushirdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol O.S. IIOga murojaat qilib, nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln 970 ming so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli ayol R.M. sodir etganligi aniqlangan.

"Gumonlanuvchi o‘zini "Maqsuda" deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordamlashishini aytgan. "Maqsuda" O.S.ning bank mobil ilovasi orqali 15 mln 970 ming so‘m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida pullarni bank kartasiga o‘tkazib, o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda. Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Buxoro IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing