Yong‘inda uy egasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatining Pitnak shahrida 31 yoshli erkak uyida chiqqan yong‘inda halok bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 25 iyul kuni Pitnak shahri “Sharlauk” mahalasida yashagan fuqaro J.Q.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan.

Ko‘rsatilgan manzilga bo‘linmalar yetib borgan vaqtda uyning yotoqxonasidagi divan va o‘rin-ko‘rpalari quyuq tutun aralash holda yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilib, yong‘indan uyning 60 kv metr maydoni saqlab qolingan.

Ўчмаган сигарета қолдиғининг аянчли оқибати

Hodisa oqibatida yashash uyining yotoqxonasidagi 20 kv metr maydonda divan va o‘rin-ko‘rpalari yonib zararlangan. Achinarlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasi 1988 yil tug‘ilgan J.Q.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘inning taxminiy sababi J.Q.ning mast holda sigareta chekib uxlab qolishi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xoramz

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing