JSST ogohlantirgan “qotil” siroplar O‘zbekistonga ham kirib kelganmi?

Salomatlik

image

Avvalroq JSST tarkibida bolalarning o‘limiga sabab bo‘ladigan zaharli modda mavjud allergiya va yo‘tal siroplari aniqlangani hamda ulardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirish bilan chiqqandi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. 

JSST ma’lumotida Shimoliy va Janubiy Amerika, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Janubiy-Sharqiy Osiyo va G‘arbiy Tinch okeani mintaqalarida Pokistonning Pharmix Laboratories (Pvt.) Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Alergo, Mucorid, Zincell siroplari va Emidone hamda Ulcofin suspenziyalarida toksinlar borligi qayd etilgan.

Shuningdek xabarda, Dori vositalarini tartibga solish organi (DRAP — Pokiston) tomonidan ehtiyot chorasi sifatida Pharmix Laboratories'ga barcha og‘iz orqali yuboriladigan suyuq dori vositalarini ishlab chiqarishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani hamda sifatsizligi tasdiqlangan besh xil sirop mahsulotini qaytarib olish to‘g‘risida ogohlantirilgani ma’lum qilingan.

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi, tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini bildirib, Pharmix Laboratories (Pvt.) Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur dori vositalari mamlakatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligini ma’lum qiladi", deyiladi markaz xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil fevral oyidan boshlab, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston JSST sirop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing