Joriy yilda 97 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yil 2023-2024 o‘quv yili uchun tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga yangi 97 ta yo‘nalish qo‘shildi. Ushbu yo‘nalishlar ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy yoki ijodiy imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi e’lon qilindi.

Yangi tashkil etilgan yo‘nalishlar asosan telekommunikatsiya, texnologiya, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va yuridik sohalarni o‘z ichiga oladi. Yo‘nalishlarning katta qismiga asosiy test sinovlari uchun matematika, fizika va chet tili fanlaridan imtihon belgilangan. Ular orasida faqat “Jurnalistika: ommaviy axborot vositalari faoliyati” yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihon qo‘yilgan. 

Ushbu yo‘nalishlar uchun ham an’anaga ko‘ra, 2 ta asosiy va 3 ta majburiy fandan imtihon topshiriladi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassalarining asosiy ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy yoki ijodiy imtihon) topshirishdagi fanlar majmuasi 2022 yil dekabr oyida tasdiqlangan edi. Unda jami 484 ta bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati keltirilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bakalavriat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing