JCH-2026 saralash bosqichi. O‘zbekiston Turkmaniston ustidan g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 16 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Srechko Katanets murabbiyligidagi o‘zbekistonlik futbolchilar mehmonda o‘tgan o‘yida raqiblarini 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Turkmaniston futbolchisi Meylis Durdiyev hisobni ochdi. Uning goli birinchi taymda yagonaligini saqlab qoldi. 

Bahsning ikkinchi bo‘limida esa o‘zbekistonlik futbolchilar vaziyatni to‘laqonli nazorat qila boshladi. 57-daqiqada Otabek Shukurov Eldor Shomurodovning zargarona uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. 77-daqiqada ham Shomurodovning aralashuvi bilan Shukurov Turkmaniston darvozasini ishg‘ol qildi. 

O‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida esa Otabek Shukurov Eldordan qarzini uzgan holda unga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Shomurodov esa uchrashuv taqdirini hal qiluvchi to‘pni raqiblar darvozasiga joylab qo‘ydi. 

Shu tariqa Srechko Katanets shogirdlari saralash bosqichidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston saralash JCh-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing