Jahongir Vohidov Jahon chempionatida kuchli raqiblarni mag‘lub etdi
Sport
−
27 dekabr 2023
6845Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Jahongir Vohidov musobaqaning 6-turda niderlandiyalik Anish Girini mag‘lub etdi.
Giri ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Vohidov musobaqa jadvalida 40-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
7-turda Vohidov hindistonlik grossmeyster Gukesh Domarju bilan to‘qnash kelib, raqibidan ustun keldi.
Shunday qilib, Vohidov hozirga kelib 7 ta imkoniyatdan 5 ochko jamg‘arib o‘zbekistonlik shaxmatchilar ichida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.
LiveBarchasi