O‘zbekiston MTJ a’zolari “Chig‘atoy” sport majmuasida master-klass o‘tab berishdi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.  
 
Jumladan, 10 mart kuni “Chig‘atoy” sport majmuasida O‘FA qoshidagi bolalar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uchun master-klass tashkil etildi. Bu haqida O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Javohir Sidiqov va Odil Hamrobekov yosh futbolchilarga mahorat darslarini o‘tab berishdi. Shuningdek, tadbirda faxriy mehmon sifatida o‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov, milliy terma jamoaning sobiq murabbiyi Rauf Inileyev, taniqli xonanda Kozim Qayumov qatnashishdi. Tadbirni taniqli sharhlovchilar Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev olib borishdi.

Tadbir davomida bolajonlar bilan birga futbol uchrashuvi ham o‘tkazildi. Javohir Sidiqov, Odil Hamrobekov bilan birgalikda bolajonlar bilan “Chig‘atoy”dagi futbol maktabida murabbiylik qilayotgan Zayniddin Tojiyev, Hikmat Hoshimov, Eldor Magdeyev kabi o‘tmishning yulduzlari ham ishtirok etishdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing