“O‘zbekiston” mehmonxonasi sotilyapti

Jamiyat

image

Poytaxtdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan ma’lum qilindi. 

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. Mehmonxonaning arxitekturasi o‘zida zamonaviy, yevropa uslublarining milliylik bilan uyg‘unligini mujassamlashtiradi. Bu yerda Yevropa standarlariga to‘liq rioya etilgan holda, ammo sharq an’analarini unutmagan holda xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan. 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur mehmonxonada avvallari toshkentlik taniqli millioner Botir Rahimov boshqaruvida bo‘lgan. Avvalroq, uning Alisher Usmonov oilasi sobiq kelini Diyora Usmonova bilan oila qurgani haqida ma’lum qilgan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Usmonova Botir Rahimov O'zbekiston mehmonxonasi

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing