O‘zbekiston 2021 yili o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

Sport

image

Ayni kunlarda AQSHning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida JCH bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Unda musobaqadan tashqari og‘ir atletikaning keyingi yillardagi istiqboli va uni yanada ommalashtirish, olib kirish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar yuzasidan sammitlar ham tashkil qilinmoqda. Olympic.uz xabar bu haqida tarqatdi.

Ana shunday yig‘ilishlarning birida, 2021 yili yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi JCHga mezbonlik qiladigan mamlakatlarni aniqlash masalasi o‘rtaga qo‘yildi. Unga ko‘ra, 2018 yil yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligini yuqori saviyada tashkil qilib bergan O‘zbekiston davlatiga o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqani ham shunday saviyada tashkillashtirishdek mas’uliyatli vazifa ishonib topshirildi. Musobaqa 2021 yilning aprel oyida o‘tishi rejalashtirilgan.

“Ushbu musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki turnir g‘olib va sovrindorlari medallar bilan birga navbatdagi IV o‘smirlar olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar bilan ham mukofotlanadi. Turli milliy federatsiyalarda ishlayotgan hamkasblarimiz Toshkentdagi chempionatning ana shu jihatiga alohida e’tibor qaratishgani bejiz emas. O‘tgan yili mamlakatimiz bahorda Urganchda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatini, yozda Toshkentda yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini yuksak saviyada tashkil qilishga erishdi. Biz jahon og‘ir atletika hamjamiyati ishonchini oqlash uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Shuningdek, uydagi musobaqada munosib qatanasha oladigan jangovar tarkibni shakllantirishga harakat qilamiz”, – deydi O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ijroqo‘mi a’zosi Shahrillo Mahmudov.

Shuningdek, 2021 yili yoshlar o‘rtasidagi JCHga Saudiya Arabistonining Jidda shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing