“Kiydiradi anjanchasiga”: Andijonda 12 mlrd so‘mlik neft “rastrata” qilingan

Jamiyat

image

Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tekshirish o‘tkazildi va qiymati 12 mlrd 825,9 mln so‘mlik 15 287 tonna manbaalar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, jamiyatning neft konlari, neftni yig‘ish, tayyorlash  va topshirish sexlarida o‘tkazilgan xatlovda tovar neftdan qiymati 254,5 mln so‘mlik 310,2 tonna ortiqchalik va qiymati 22,7 mln.so‘mlik 42,4 tonna kamomad, sexlararo quvurlarni demontaj qilishda va neftni qayta ishlash zavodiga yuborishda quvurlar orqali neftni talon-taroj qilish yo‘li bilan qiymati 1 mlrd 404 mln so‘mlik 812,3 tonna tovar neft yo‘qotilganligi, 479,6 mln so‘mlik 795,8 tonna qazib olingan neftni hisobotlarga kiritmagan holda o‘zlashtirish, hisobotlarni sohtalashtirish orqali 2 mlrd 583,8 mln so‘mlik 3486,9 tonna kamomadni va 70,8 mln so‘mlik 95,9 tonna ortiqchaliklarni yashirish, 6 mlrd 313,3 mln so‘mlik 7 697 tonna neftni hisobotlarga qo‘shib yozish, shuningdek, 1 mlrd 678,9 mln so‘mlik 2046,9 tonna neftni bajarilmagan ish xajmini ko‘rsatish hisobiga birlamchi xujjatlarsiz asossiz ravishda hisobdan chiqarish holatlarini tashkil qiladi.

Faqatgina 2019 yil iyun oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan davrini olsak, jami aniqlangan manbaalar neftni asossiz xisobdan chiqarish, qo‘shib yozish, xisobot xujjatlarida va xatlovda kamomadlar hamda ortiqchaliklar bo‘yicha 1 838 951 734 so‘mlik 1 356,8 tonnani tashkil etdi.

Tekshiruv yakunida rasmiylashtirilgan xujjatlar Andijon viloyat prokuraturasiga topshirildi va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Andijon

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing