Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Kutilganidek, o‘z vazn toifalarida O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi kurashchilari Jasur Ortiqboyev, Islom Bahromov, Aram Vardanyan, Jalgasbay Berdimuratov va Mo‘minjon Abdullayev mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi.   

55 kg:

1. Jasur Ortiqboyev (Toshkent shahri)
2. Laziz Toshkenboyev (Samarqand)
3. Zayniddin Nashirov (Toshkent viloyati)
3. Ixtiyor Botirov (Toshkent viloyati)

63 kg:

1. Islom Bahromov (Samarqand)
2. To‘rabek Tirkashev (Samarqand)
3. Nikolay Yegorov (Toshkent shahri)
3. Kamol Qo‘ziyev (Buxoro)

77 kg:

1. Aram Vardanyan (Toshkent shahri)
2. Fazliddin Namozov (Samarqand)
3. To‘lqin Tuyev (Buxoro)
3. Dilshod Omongeldiyev (Toshkent viloyati)

87 kg: 

1. Jalgasbay Berdimuratov (Qoraqalpog‘iston)
2. Nurbek Xoshimbekov (Andijon)
3. Azamat Abdubanopov (Farg‘ona)
3. Shahriyor Jo‘raboyev (Samarqand)

130 kg:

1. Mo‘minjon Abdullayev (Samarqand)
2. Suhrob Fattoyev (Navoiy)
3. Abror Mamasoliyev (Andijon)
3. Daler Rahmatov (Farg‘ona)

Jalgasbay Berdimuratov va Mo‘minjon Abdullayev Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan sportchilar 7-10 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kurash Yunon-rum kurashi Jalgasbay Berdimuratov

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made