Toshkentda qariyb 100 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 142 nafarga oshib, 12997 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 97 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 7852 (+129) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 5085 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made