O‘zbekistonning ko‘p martalik vizasi necha pulga tushadi?

Jamiyat

image

Ko‘p martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yig‘imi miqdori belgilandi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Prezidentning joriy yilning 6 mart kunidagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi konsullik yig‘imlari tarifiga qo‘shimcha kiritildi.

Ko‘p martalik uch yillik vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun 350 AQSH dollari miqdorida konsullik yig‘imi undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida o‘rnatilgan) 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ko‘p martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini O‘zbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

viza

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made