Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati: Paola Pliyego ilk marta O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Sport

image

Joriy yilning 15-23 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 

Tokio Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham katta delegatsiya bilan ishtirok etadi. Musobaqada 14 nafar sportchi ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. E’tiborlisi, asli kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan Lara Pliyego Paola ilk marta O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi.

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

Sevinch Ismoilova – sablya
Zaynab Dayibekova – sablya
Yana Obvinseva – sablya
Lara Pliyego Paola – sablya
Sherzod Mamutov – sablya
Pazilbek Genjebayev – sablya
Boburjon Rasulov – sablya
Roman Aleksandrov – shpaga
Javohirbek Nurmatov – shpaga
Fayzulla Alimov – shpaga
Oleg Sokolov – shpaga
Malika Hakimova – shpaga
Yana Alborova – shpaga
Hasan Badunov – shpaga

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 13 iyul kuni Vengriya safariga jo‘nab ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Qilichbozlik Lara Pliego Paola

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing