Avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvida halok bo‘lganlar bor

Olam

image

Zimbabve poytaxti Xararadan 100 kilometr janubda yuk mashinasi yo‘lovchilar olib ketayotgan avtobusga borib urilgan. Natijada 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 

Mahalliy Pol Nyati shahri politsiya boshlig‘ining xabariga ko‘ra, halokat yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotib avtobus kelayotgan yo‘lga chiqib ketishi oqibatida yuz bergan. Yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan avtobus bilan qattiq to‘qnashgan. Voqea sabab shu joyning o‘zida 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni paytda hodisa sabab jarohatlanganlar haqida to‘liq ma’lumot tarqatilmagan. Yana bir necha kishining jarohati og‘ir ekanligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made