O‘zbek futbolchisi Londonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va BAAning “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov joriy yilning mart oyida “China cup-2019” xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani ma’lum bo‘ldi. “Sharja” klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko‘zdan kechirib, Londonda operatsiya orqali davolashga qaror qilishgandi.

Qayd etish kerakki, milliy terma jamoa yarim himoyachisining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Operatsiyani angliyalik tajribali jarroh Mark Devis o‘tkazdi. Endilikda u qo‘shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun ayni paytda, Shukurovning klubi BAA chempionatida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Sharja China cup-2019

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing