OTMlarga kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan)  abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 20 noyabri etib belgilandi.

Bu haqda Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 9-sonli bayoni qabul qilindi.

Ushbu holatda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlari inobatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba kontrakt

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made