Musayev Filiz Erdo‘g‘an va Soy Chje Ukka mukofotlarni topshirdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
6931O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev turkiyalik Filiz Erdo‘g‘an Marashlio‘g‘lu va koreyalik Soy Chje Ukka O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagan edi.
Unga ko‘ra, “Kanimed Saglik Cuzumleri LTD” kompaniyasi boshqaruv kengashi (Turkiya Respublikasi) raisi Filiz Erdo‘g‘an Marashlio‘g‘lu xonim I darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Koreya profilaktik tibbiyot kafedrasi professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi huzuridagi Koronavirusga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha shtab maslahatchisi Soy Chje Uk ham I darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi.
LiveBarchasi