Bugun koronavirusdan sog‘ayganlar yangi bemorlardan ko‘p bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2020
11394Bugun, 19 sentyabr kuni mamlakatimizda 614 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 626 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 294 nafar bemordan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi